date
views 1 705

Qarzdorliklar undirilmoqda

Qarzdorliklar undirilmoqda
Gap shundaki Byuroning Toshkent viloyat Qibray tuman bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash ishlari muntazam ravishda olib borilib, joriy yilning o‘tgan 3 oyida yuridik shaxslar foydasiga 1491 ta ijro ishlari bo‘yicha 40,1 mlrd so‘m qarzdorlik pullari undirilgan va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Jumladan, Toshkent shahar iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Asia business servis group” MCHJdan undiruvchi “MSCoLD” (Koreya Respublikasi) foydasiga 159.000 AQSH dollari miqdorida qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi sud hujjati Byuroning Qibray tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning bank xisob raqamlari xatlovga olinib, undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik pullaridan to‘liq 2.101.930.000 so‘m undirilib, undiruvchining Koreya Respublikasidagi hisob raqamiga o‘tkazilib, ijro ishi tamomlangan va tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat