
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor K.U.dan undiruvchi A.A.ning foydasiga 70 mln. so‘m qarz, 2,8 mln. so‘m da’vo ariza kiritishda to‘langan davlat boji va 37,5 ming so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisii tomonidan qarzdor K.U.ning mulkiy holatlari o‘rganilib, ixtiyoriy muddatlarda qarzdorligini bartaraf qilish yuzasidan ogohlantirildi.
Ixtiyoriy ravishda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, olib borilgan majburiy ijro ijro harakatlari jarayonida davlat ijrochisi tomonidan undiruvchi A.A.ning foydasiga qarzdordan 72 mln. 837,5 ming so‘m pul mablag‘lari undirib berildi va undiruvchining huquqi tiklandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar