
Samarqand shahrida yashovchi qarzdor U.M. Sudning 2023 yil 13 maydagi qaroriga asosan undiruvchi N.R.ga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan.
Qarzdor U.M. 36 million 800 ming so‘m aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashiringan.
Qidiruv natijasida qarzdor U.M. ushlandi va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ochiq majlisida huquqbuzar U.M.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4 moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar