Rossiya sunʼiy yoʻldoshlari orbitada murakkab manyovrni amalga oshirdi

1 daqiqa o'qish285
Rossiya sunʼiy yoʻldoshlari orbitada murakkab manyovrni amalga oshirdi

Rossiyaning "Kosmos 2581" va "Kosmos 2583" sunʼiy yoʻldoshlari orbitada oʻta aniq yaqinlashish manyovrini bajardi. COMSPOC kosmik obyektlarni kuzatish kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 28-aprel kuni ushbu qurilmalar bir-biridan atigi 3 metr masofagacha yaqinlashgan. Mutaxassislar bu harakat tasodifiy emasligini va sunʼiy yoʻldoshlar barqaror konfiguratsiyani saqlash uchun bir necha bor tuzatishlar kiritganini taʼkidlamoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tahlillar shuni koʻrsatdiki, operatsiyada nafaqat ushbu juftlik, balki "Kosmos 2582" sunʼiy yoʻldoshi hamda "Kosmos 2583"dan ajralib chiqqan Object F nomli kubsat ham ishtirok etgan. Barcha obyektlar 2025-yil fevral oyida "Soyuz" raketasi yordamida koinotga uchirilgan edi. COMSPOC kuzatuvlariga koʻra, bu qurilmalar past Yer orbitasida oʻzaro muvofiqlashtirilgan manyovrlarni birinchi marta amalga oshirayotgani yoʻq.

Yaqinlashish jarayonida "Kosmos 2582" guruhdan 100 kilometrdan kamroq masofada ortda qolgan boʻlsa, Object F qurilmasi "Kosmos 2582"dan 15 km va "Kosmos 2581"dan 10 km uzoqlikda harakatlangan. Mutaxassislarning fikricha, Rossiya ushbu operatsiyalar orqali bir vaqtning oʻzida bir nechta obyektni boshqarish va ularning oʻzaro oʻzaro taʼsirini taʼminlash boʻyicha ilgʻor orbital texnologiyalarni sinovdan oʻtkazmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?