
O‘zbekistonning Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishi vaqtinchalik to‘xtatilgandan so‘ng qayta tiklandi. Bu haqda DABS energiya kompaniyasi xabar berdi.
3-noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila Samangan va Balx viloyatlaridagi elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetkazdi. Ushbu tarmoqlar orqali qo‘shni davlatga o‘zbek elektr energiyasi yetkazib berilardi.
Tiklash ishlari takroriy yer silkinishlari, ko‘chkilar va kuchli shamol tufayli murakkablashdi, ammo texnik jamoalar barcha nosozliklarni bartaraf eta olishdi. Tarmoqlar tiklanganidan so‘ng, Kobul, Bag‘lon, Parvon, Panjsher, Kapisa kabi viloyatlarning ayrim hududlariga elektr energiyasi qayta uzatila boshlandi, deya ta’kidladi DABS.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar