
26 dekabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti yil yakunlari bo'yicha 1,5 millioninchi yo'lovchisini qabul qilib, 2025 yil uchun rekord natijani qayd etdi. Bu haqda Air Marakanda matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan'ga ma'lum qildi.
1,5 millioninchi yo'lovchi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Muhabbat Shodierova bo'ldi. U «Pobeda» aviakompaniyasining Samarqand — Moskva yo'nalishidagi reysi bilan uchgan.
Taqdirlash marosimi doirasida ushbu reys yo'lovchilari o'rtasida «Pobeda» va Air Marakanda tomonidan taqdim etilgan sovg'alar ham o'ynab berildi.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyi oxiridan Samarqand aeroporti kuz-qish parvozlar mavsumiga o'tgan. Joriy yilning bahor-yoz davrida havo bandargohi 900 mingdan ortiq yo'lovchiga xizmat ko'rsatib, yillik o'sishni 7% darajada ta'minlagan.
O'tgan mavsumda aeroportning yo'nalishlar tarmog'i ham kengaytirildi: Ural Airlines Krasnoyarskga, Azimuth Airlines esa Samara va Krasnodarga reyslarni yo'lga qo'ydi. Shuningdek, AZAL Airlines'ning Bokuga, Qazaq Air'ning Astana yo'nalishiga (Turkiston orqali) hamda China Southern Airlines'ning Urumchiga to'g'ridan-to'g'ri parvozlari qayta tiklandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.