AQSh yangi ma’muriyatining tashqi siyosatdagi tashabbuslari Amerika yuqori doiralarining keskin qarshiligiga duch keladi, deb taxmin qilish mumkin. Chunki, Amerika elitasi, Shtatlar zamonaviy dunyoning yagona "kuch markazi" bo‘lib qolishi zarur, deb hisoblaydi. Shu boisdan ham, Oq uyning bo‘lg‘usi rahbari va yangi davlat kotibi birinchi navbatda o‘z diplomatlari va maslahatchilari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. The National Interest jurnali tahlilchilari Aaron Devid Miller va Richard Sokolski shunday fikrni ilgari surishmoqda.
"Jahon polisiyachisi" vazifasi Amerikani holdan toydirdi va amerikaliklarning o‘zini ham charchatdi, deb hisoblaydi maqola mualliflari. Yangi ma’muriyat vakillari buni juda ham yaxshi anglab turishibdi. Biroq, "xalq tanlovi" ichki siyosat foydasiga muvozanatni o‘zgartirishga kifoya qilmaydi. Miller va Sokolskining fikricha, siyosiy elita, xususan, avvaldan diplomatlik bilan shug‘ullanib keluvchilar ustuvor vazifalarning o‘zgarishiga osonlik bilan rozi bo‘lmaydi.
AQSh siyosiy elitasi vakillarining bir narsaga ishonchlari komil: bir joyda turib qolmaslik, aksincha nimadir qilish lozim. Mualliflarga ko‘ra, bunday "serharakat bo‘lish istagi" ko‘p hollarda fojiali oqibatlarga olib kelmoqda.
"Amerikaning hamma erdagi muammolarni, ular qayerda paydo bo‘lmasin, hal etishga urinishi tahsinga sazovor, ba’zan AQShning aralashuvi vaziyatni yaxshi tomonga ham o‘zgartiradi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda Vashingtonning ortiqcha faolligi halokatli oqibatlarga olib kelmoqda. Bu birinchi galda Yaqin Sharq mintaqasiga tegishli", — deb yozadi sharhlovchilar.
Maqolada yozilishicha, bunday "giperfaollik"ning bosh sababi amerikalik siyosatchilarning, Qo‘shma Shtatlar "har erda yovuzliklarni topib, ularni mag‘lub etishi uchun" etarli darajada kuchli ekaniga ishonishlaridir. Ammo, Afg‘oniston va Iroqdagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, AQSh salohiyati anchagina cheklangan ekan.
Bundan tashqari, amerikaliklar, shunchaki, ularning dunyoqarashi "eng to‘g‘risi" deb o‘ylashadi. Mualliflarga ko‘ra, Amerika Misr rahbariyatiga "inson huquqlaridan va’z o‘qishi" yoki Isroildan Falastinni tan olishini so‘rashi kerak emas. Rossiyaga nisbatan ayblovlar ham Vashingtonning dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchashini isbotlaydi.
O‘ziga xoslik afsonasi Amerikaning "etakchilikka intilishi" bilan birga, AQShni sayyoraning eng uzoq hududlariga ham, garchi u erda hech kim yordam so‘ramagan bo‘lsa-da, borishga majbur qilmoqda. Biroq, Vashingtonning Suriya inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidan asta-sekinlik bilan chiqarib yuborilishi va Yaqin Sharq hamda Osiyoda ta’sirini yo‘qotishi jahonda Amerika etakchiligiga "talab" pasayib borayotganini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, Miller va Sokolski Amerikaning yangi ma’muriyatini "hokimiyat sohiblarining takabburligi"dan saqlanishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi