date

Markaziy Osiyo davlatlari Samarqand deklaratsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari Samarqand deklaratsiyasini imzoladi
Samarqandda CITESning 20 yillik Konferensiyasi yuqori darajadagi muloqot doirasida Samarqand deklaratsiyasi va 2032 yilgacha mintaqaviy hamkorlik rejasi imzolandi. Bu haqda Ekologiya qo'mitasi ma'lum qildi.

Hujjatlarni O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston imzoladi. Traffic International bilan hamkorlikda tayyorlangan deklaratsiya Markaziy Osiyo davlatlarining bioxilma-xillikka nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdidlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirish niyatini tasdiqlaydi.

Bu tahdidlar yashash muhitining yo'qolishi, iqlim o'zgarishi va brakonerlik bilan bog'liq. Rejaga ko'ra, tabiiy muhofaza, bojxona, huquqni muhofaza qilish va sud tizimlari o'rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi.

Yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlarga qarshi milliy operativ guruhlar tashkil etish, monitoringning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish va ma'lumot almashuvni takomillashtirishga alohida e'tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish doimiy operativ ma'lumot almashinuvi, qo'shma nazorat mexanizmlari va chegaradosh hududlardagi muvofiqlashtirilgan harakatlar orqali amalga oshiriladi.

Davlatlar yovvoyi hayvonot va o'simlik dunyosining noqonuniy savdosini to'xtatish, ekotizimlarni tiklash va noyob turlarni himoya qilish choralarini o'z ichiga olgan umumiy strategiyani ishlab chiqishga kelishib oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo davlatlari Samarqand deklaratsiyasini imzoladi