date

Uyda dars o'tuvchi o'qituvchilarga yo'l xarajatlari qoplanadi

Uyda dars o'tuvchi o'qituvchilarga yo'l xarajatlari qoplanadi
O'zbekistonda maktab o'qituvchilari uy sharoitida o'quvchilarga dars o'tkazgan taqdirda, ularga har oyda bir bazaviy hisoblash miqdori (412 ming so'm) to'lab beriladi. Ushbu to'lov maktabdan o'quvchining uyigacha bo'lgan masofa kamida 1,5 kilometrni tashkil etganda amalga oshiriladi.

Agar bir o'quvchi bilan bir necha o'qituvchi ishlasa, to'lov summasi ularning dars soatlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bu tartib bir uyda bir yoshdagi ikki yoki undan ortiq bola ta'lim olayotgan holatlarga ham tegishli.

Bundan tashqari, bolalar bog'chalarida vaqtincha ishda bo'lmagan tarbiyachi yoki hamshiraning vazifalari boshqa xodimlarga rasmiy ravishda topshirilishi mumkin. Bunday qo'shimcha ish uchun to'lov 100% ish haqi miqdorida (boshqa vazifalar uchun esa 50%) amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, xodimning umumiy ish hajmi 1,5 stavkadan oshmasligi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Uyda dars o'tuvchi o'qituvchilarga yo'l xarajatlari qoplanadi