Garri Keyn gol seriyasini ketma-ket to'rtta o'yinga cho'zdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi golini urib, o'zining samarali seriyasini to'rt uchrashuvga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik forvard Bundesliganing 16-turida «Volfsburg»ga qarshi bahsda ham raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuvning 69-daqiqasida Keyn jamoasining oltinchi golini kiritdi.
Shu bungacha u «Xaydenxaym», «Mayns» va «Shtutgart»ga qarshi o'yinlarda ham gol muallifi bo'lgan. Joriy mavsumda Keyn klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 25 o'yinda 30 bor raqib darvozasini topdi.
Bundesligada esa Angliya terma jamoasi hujumchisi atigi uch bahsda gol ura olmadi: 2-turda «Augsburg», 8-turda Myonxengladbahning «Borussiya»si hamda 12-turda «Sankt-Pauli»ga qarshi uchrashuvlarda.
Statistikaga ko'ra, Keyn hozircha har o'yinda o'rtacha bir tadan ko'proq gol urmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!