Vanoli Milanga qarshi o'yindan so'ng jamoasidan faxrlanaman dedi

"Fiorentina" bosh murabbiyi Paolo Vanoli "Milan"ga qarshi uchrashuvdan keyin natijadan mamnunligini yashirmadi. Uning jamoasi favoritga munosib qarshilik ko'rsatib, g'alabaga juda yaqin kelganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vanolining aytishicha, kimdir qo'ldan ketgan g'alabadan afsuslanayotgani ham "Fiorentina" qanchalik kuchli o'yin ko'rsatganini yana bir bor isbotlaydi. Murabbiy futbolchilarga kiyinish xonasida faxrlanishini aytib, jamoa barcha holatlarga qaramay g'alabaga loyiq bo'lganini urg'uladi.
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Fiorentina" 18 yanvar kuni "Bolonya"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing