
Uzbekistan Airways xabariga ko'ra, 27 noyabr kuni Sochi aeroportida cheklovlar sabab HY685 (Toshkent–Sochi) reysi Mineral Suvlar shahriga yo'naltirildi. Shu sababli parvozlar yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi.
Mineral Suvlardan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da uchib, bir soat ichida Sochiga yetib boradi. Shu kuni HY686 reysi bilan samolyot Sochi aeroportidan soat 12:00 da uchadi va Toshkentga 17:25 da yetib keladi.
Rossiya OAV ma'lumotlariga ko'ra, Sochida samolyotlarni qabul qilish va jo'natish bo'yicha cheklovlar xavfsizlikni ta'minlash uchun joriy etilgan. Xuddi shunday chora-tadbirlar Tambov, Penza va boshqa shaharlarda ham qo'llanilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.