date

Toshkentda 10 ta issiqxona yopildi

Toshkentda 10 ta issiqxona yopildi
Milliy ekologiya qo'mitasi Toshkentdagi 10 ta issiqxona faoliyatini tekshiruvdan so'ng vaqtincha to'xtatdi. Bu haqda qo'mitaning Telegram kanalida ma'lum qilindi.

Jami 32 ta issiqxona xo'jaligi tekshiruvdan o'tkazilgan. Ularning yopilishiga asosiy sabab sifatida havo tozalash uchun filtrlarning yo'qligi ko'rsatildi.

Bundan tashqari, uchta issiqxonada ishchilar ko'mir o'rniga chiqindi va axlatni yoqishgani aniqlangan. Issiqxona egalari havo tozalash filtrlarini to'g'ri o'rnatish va chiqindilarni to'g'ri utilizatsiya qilish bo'yicha tushuntirishlar oldilar.

Mutasaddilar boshqa hududlarda ham tekshiruvlar va atmosferani ifloslanishiga qarshi kurash davom etayotganini ta'kidlashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 10 ta issiqxona yopildi