date

Direktorni ishdan olgan rahbarga ma’muriy chora ko‘rildi

Direktorni ishdan olgan rahbarga ma’muriy chora ko‘rildi

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi. Bunga sabab — maktab direktorini lavozimidan ozod etish, shuningdek yangi direktorni tayinlash jarayonlarida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinmagani bo‘ldi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tish joiz, yil boshida Buvayda tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabi direktori o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik esa maktablarda xodimlarni navbatchilikka jalb qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga “XDFU” grifi bilan yo‘llangan topshiriq aslida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan berilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan.

Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatni o‘rganib, direktorning ishdan olinishida tartib-qoida buzilgani, ya’ni qaror mehnat qonunchiligi talablariga zid tarzda rasmiylashtirilganini aniqlagan. Shu sababli inspeksiyaning yozma ko‘rsatmasi asosida boshqarmaning 2026 yil 6 yanvardagi 1-k-sonli buyrug‘i bekor qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Direktorni ishdan olgan rahbarga ma’muriy chora ko‘rildi