date

OSON ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlamoqda

OSON ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlamoqda

OSON moliyaviy texnologiyalar xoldingi AQSH elchixonasi hamkorligida «Ayollar tadbirkorligi akademiyasi» (AWE) dasturining O‘zbekistondagi moliyaviy hamkori bo‘ldi. Ushbu loyiha Qoraqalpog‘istonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni grant asosida ta’lim orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bu tashabbus kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyat strategiyasini aks ettiradi. Ya’ni, qisqa muddatli xayriya ishlaridan uzoq muddatli inson kapitali va mintaqaning iqtisodiy barqarorligiga sarmoya kiritish konsepsiyasiga o‘tishni ko‘zda tutadi.

Tashkilotchilar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, AWE 3.0 dasturiga qiziqish yuqori bo‘lib, bu mintaqaviy biznes uchun mazkur tashabbusning dolzarbligini tasdiqladi. Saralash jarayonida 86 ta arizadan 54 nafar ishtirokchi suhbat bosqichiga taklif qilindi.

Natijada biznes modellarining kengaytish va barqarorlik salohiyati baholanib, 34 nafar finalchi grant asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Geografik jihatdan ishtirokchilarning 74 foizi Nukusdan, 26 foizi esa respublikani boshqa hududlaridan kelgan bo‘lib, bu mintaqaviy tadbirkorlik faolligining oshayotganini ko‘rsatadi.

Finalchilarning loyihalari ayollar biznesining diversifikatsiyalanganligini namoyish etib, an’anaviy sohalar doirasidan chiqib ketmoqda. OSON uchun AWE dasturini qo‘llab-quvvatlash sifatli ta’limga bo‘lgan kirish imkoniyatini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va mintaqadagi daromadlarni legallashtirish vositasi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » OSON ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlamoqda