date

Navoiyda “ish va prava” va’dasi bilan firibgarlik fosh bo‘ldi

Navoiyda “ish va prava” va’dasi bilan firibgarlik fosh bo‘ldi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib berish hamda haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi ushbu “xizmatlari” evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaxs o‘z aybini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda “ish va prava” va’dasi bilan firibgarlik fosh bo‘ldi