20-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” 20-yanvar, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, ko‘p hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim viloyatlarda kechga tomon yomg‘ir-qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi ham ehtimoldan xoli emas.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s esadi. Harorat kechasi 0–2° sovuq, kunduzi 3–5° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi va asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 9–14 m/s esadi. Harorat kechasi 2–7° sovuq, cho‘l hududning shimolida 10° sovuqqacha, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzaxda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.
Samarqand va Qashqadaryoda havo o‘zgaruvchan, kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir-qor bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Samarqandda kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi. Qashqadaryoda esa kechasi 3° sovuq–2° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.
Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 3° sovuq–2° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ayrim joylarda yaxmalak kuzatilishi mumkin, qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 3° sovuq–2° iliq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!