
O‘zbekistonda korporativlarda majburiy xursandchilik eng katta noqulaylik hisoblanadi. Bu hh.uz tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasida, unda 300 dan ortiq ish qidiruvchi va 150 ish beruvchi qatnashgani ma’lum bo‘ldi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 45 foizi majburiy xursandchiligini yoqtirmasligini bildirgan, 39 foizi esa uzoq davom etadigan tostlardan charchashini aytgan. Ko‘pchilikka esa hamkasblarining haddan ziyoda erkin tutgan xatti-harakatlari bayram taassurotlarini buzuvchi omil sifatida ko‘rinadi.
Shu bilan birga, xodimlar va ish beruvchilar bir fikrga kelishgan: eng yaxshi korporativ bu norasmiy uchrashuvdir. Ish beruvchilarning 42 foizi va ish izlovchilarning 49 foizi tenglik muhitini muhim deb hisoblaydi.
Yaxshi musiqa, oson suhbatlashish va tabiiy jamoaviy atmosfera esa muvaffaqiyatli kechaning asosiy omillari bo‘lib qolmoqda. Ko‘pchilik uchun korporativ bu hamkasblar bilan muloqot qilish va dam olish imkoniyatidir.
38–41 foiz respondentlar buni ofisdan tashqarida vaqt o‘tkazish usuli deb biladi, taxminan 30 foizi esa bu jamoaviy ruhni eslatadigan tadbir deb hisoblaydi. Ammo respondentlarning chorak qismi korporativni hanuzgacha shunchaki rasmiyatchilik deb bilishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.