date

Toshkent shahri hamda ikki viloyatda hokim va o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent shahri hamda ikki viloyatda hokim va o‘rinbosarlar tayinlandi

Abdurahmon Baxtiyev Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2019 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga hokim etib Dilfuza Kambarova tayinlandi. Bungacha u Xalq bankining viloyat filialidagi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy markazida rahbar o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga hokim qilib Niyoz Hazratkulov tayinlandi. U ushbu tayinlovga qadar Shirin shahriga rahbarlik qilgan.

Namangan viloyatida ham kadrlar o‘zgarishi kuzatildi. Adham Karabayev Yangi Namangan tumani hokimi bo‘ldi. Avval u «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Namangan filialiga bosh direktorlik qilgan.

Muzaffar Abdullayev Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. U bundan oldin viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri hamda ikki viloyatda hokim va o‘rinbosarlar tayinlandi