Manchester Yunayted MakTominayni jamoaga qaytarishni ko'zlamoqda

Manchester Yunayted MakTominayni jamoaga qaytarishni ko'zlamoqda

Manchester Yunayted rahbariyati tarkibni kuchaytirish bo'yicha yangi rejalarni ko'rib chiqmoqda. CaughtOffside xabariga ko'ra, «qizil iblislar» akademiya tarbiyalanuvchisi — hujumkor yarim himoyachi Skott MakTominay bilan xayrlashib qo'yganidan afsusda va futbolchini yana klubga qaytarish variantini muhokama qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ayni paytda shotlandiyalik yarim himoyachi «Napoli» safida barqaror o'yin namoyish etyapti. U joriy mavsumdagi 24 uchrashuvda 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, 29 yoshli Skott MakTominayning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar