
Qadimiy devoriy suratlarni o‘rganuvchi olimlar bir necha bor turli jumboqli tasvirlarga duch kelishgan. Ularning ayrimlarida samoda nujlarni eslatuvchi jism mavjud ekani ham juda g‘alati.
Kosovadagi «Visokie Dechani» ibodatxonasidagi freskada ham ajobtovur jism aks etgan. 1350 yildagi suratda shar shaklidagi uchar jism? Mutahassislarning fikricha, u davr odamlarida hatto shar tushunchasi bo‘lmagan, biroq suratda Iso payg‘ambar boshi uzra aylana shakldagi uchar jism, va bu g‘aroyib uchar jismlarda xuddi samolyotdagi kabi odamlar o‘tirishibdi.
Yana biri Florensiyadagi Kvatrochento Girladayo suratidir. Unda it va bir odamning e’tiborini tortgan uchar jismlar aks etgan.

Yana shunga o‘xshash suratdan biri rassom Salimbeni tomonidan 1595 yilda chizilgan bo‘lib, unda Muqaddas uchlik uzra sun’iy yo‘ldoshga o‘xshash metall uchar jism tasvirlangan.
Londonning Milliy galereyasida Karla Krivelli qalamiga mansub 1486 yilda chizilgan suratda bulutlar aro nur taratayotgan disksimon jism tasvirlangan.
Savol tug‘iladi? Qadim ajdodlarimiz o‘zlarining bu asarlari orqali kelajakka nima demoqchi bo‘lgan ekanlar? Ayrimlar bu holatni surat mualliflari farishtalarni shunday ko‘rinishda tasvirlashgan desa, ayrimlar bu nujlar mavjud ekanini tasdiqlovchi isbot ekanini ta’kidlamoqdalar.
Manba: mulohaza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar