date

Hindistonda mahkum kino uslubida ozodlikka chiqishni uddaladi

Hindistonda mahkum kino uslubida ozodlikka chiqishni uddaladi

Hindistonning Varanasi shahrida 43 yoshli mahkum Ramjit Yadav kino filmlariga xos ayyorlik bilan qamoqdan chiqib ketdi, deb yozdi The Times of India. Uning hiylasi mashhur “Shoushenkdan qochish” filmidagi Endi Dyufreyn obrazini eslatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramjit rafiqasining o‘limida ayblanib qamalgan edi. Ammo u qamoqxona hisobidagi chek daftarchasini garov sifatida ko‘rsatib, ozodlikka chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik qamoqxona mablag‘idan 30 ming rupiy (taxminan 338 dollar) yechib olgan.

Uning bu ayyor rejasini amalga oshirishda yana uch kishi — o‘ziga o‘xshagan mahkum, qamoqxona bosh hisobchisi va qo‘riqchi yordam bergan. Ular birgalikda hujjatlarni soxtalashtirib, Ramjitga turma boshlig‘i nomidan pul yechish imkonini yaratgan.

Turma rahbariyati faqat to‘rt oy o‘tgach, hisobdan 2,6 ming rupiy shubhali tarzda yechib olinganini payqagan. Shundan so‘ng ichki tekshiruv boshlangan va surishtiruv natijasida firibgarlik to‘liq ochilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Ramjit qamoqxona boshlig‘ining bank hisobidan pullarni o‘z shaxsiy hisobiga o‘tkazgan. Bunga mahkum va turma xodimlari o‘rtasidagi til biriktirish yordam bergan.

Hozirda mazkur jinoyat bilan bog‘liq to‘rt kishi — Ramjit Yadav, bosh hisobchi, qo‘riqchi va uning mahkum sherigi politsiya tomonidan hibsga olingan. Tergovchilar ularning jinoyatni qanday rejalashtirgani va pullarni qayerga sarflaganini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda “Breaking Bad” (“Egrilik sari”) serialidan ilhomlangan ikki o‘qituvchi yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani haqida ham xabar berilgan edi.

Bu voqea mamlakatda so‘nggi yillarda keng tarqalayotgan “kino ilhomli jinoyatlar” orasida eng g‘aroyibi sifatida tilga olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda mahkum kino uslubida ozodlikka chiqishni uddaladi