«O‘zatoma» agentligi rahbari Azim Ahmedxojayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida kelajakdagi AES Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashini ma’lum qildi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Ahmedxojayevga ko‘ra, elektrostansiya ishga tushirilishi bu hududlarda sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Shuningdek, u gazga bog‘liqlik va «yashil energetika»dagi mavsumiy o‘zgarishlarni kamaytiradi.
Jizzaxda qurilayotgan stansiyaning umumiy quvvati 2,1 GVt ni tashkil etadi. U kichik va katta quvvatli reaktorlardan iborat bo‘ladi. Oktyabr oyida kichik quvvatli AES uchun yer tuzish ishlari boshlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar