Toshkentdagi “Malika” elektronika bozorida iPhone 17 bazaviy modellari savdosi boshlandi, deb Kursiv.media xabar berdi. Prodavetslar aytishicha, bu model narxi iPhone 17 Air seriyasiga yaqin.
Malikada iPhone 17 (256 GB) 15,2 mln so‘mdan ($1250), 512 GB li versiyasi esa 18,9 mln so‘mdan ($1550) sotilmoqda. 1 TB versiyasi bazaviy model uchun mavjud emas.
OLX kabi platformalarda xususiy yetkazib beruvchilar tomonidan arzonroq takliflar bor. Ularning aytishicha, Toshkentliklar uchun iPhone 17 (256 GB) 13,4 mln so‘m ($1100), 512 GB — 17,1 mln so‘m ($1400) bo‘yicha buyurtma qilish mumkin.
BeMarket saytida 256 GB li iPhone 17 19,9 mln so‘m ($1645) tursa, Uzum Market’da 17,3 mln so‘m ($1425) dan sotiladi. 512 GB versiyasi esa 19,6 mln so‘m ($1615) dan taklif qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!