Toshkent “aqlli shaharlar” reytingida past ball oldi

1 daqiqa o'qish167
Toshkent “aqlli shaharlar” reytingida past ball oldi

Kept konsalting kompaniyasining 2025-yil oktyabrda e’lon qilingan “aqlli shaharlar” reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent “rivojlanish salohiyatiga ega” shaharlar guruhiga kiritildi, deb UPL.uz xabar berdi. Reytingda MDH va BRIKS+ davlatlarining 15 shahri qamrab olingan.

Toshkent 50 balldan kam natija qayd etib, reytingning o‘rta toifasiga kira olmadi. Eng zaif natija “aqlli biznes va bandlik” yo‘nalishida kuzatildi — 40,4 ball bilan 14-o‘rin. Sabab sifatida raqamli xizmatlarning yetarli emasligi ko‘rsatilgan.

Ekologik barqarorlik sohasida ham muammolar bor — har bir aholiga 3 kv.m yashil maydon to‘g‘ri keladi va shahar maydonining faqat 2% qismi ko‘kalamzorlashtirilgan. Shuningdek, havo ifloslanishi indeksi 101−150 oralig‘ida turishi qayd etilgan.

Shahar transportidagi tiqinlar ko‘p vaqt talab qilmoqda — ko‘rsatkich 10,7 deb baholangan. Shuningdek, ochiq ma’lumotlar portali yo‘q va shahar boshqaruvi bo‘yicha ma’lumotlar kam yangilanadi.

Shu bilan birga, Toshkent elektromobillar tarqalishi bo‘yicha MDHda yetakchi, “aqlli yoritish” va “aqlli schyotchiklar” tizimlari joriy etilgan. Turizm va mehmonxona infratuzilmasi yo‘nalishida ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?