Rasm va video orqali pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish451
Rasm va video orqali pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi

Andijon viloyatida ayolni shantaj qilish orqali pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahrixon tumanida yashovchi erkak o‘sha tumanda istiqomat qiluvchi ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bir muddatdan so‘ng u ayoldan muayyan miqdorda pul talab qilib, aks holda u bilan yozishgan xabarlar, foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tashkil etilgan tezkor tadbirda erkak talab etgan pulni olgan vaqtda qo‘lga olingan. Uning qo‘lidan ashyoviy dalillar — pul va telefon uskunasi olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u tovlamachilik orqali ayolni sharmandalik bilan qo‘rqitib, mulkiy manfaat olishni ko‘zlagan. Shu asosda Shahrixon tumani IIB huzurida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ayblanuvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar fuqarolarni shaxsiy hayot bilan bog‘liq ma’lumotlarni ishonchsiz shaxslarga yubormaslik va bunday holatlar yuz berganda darhol huquqni muhofaza organlariga murojaat qilishga chaqirdi.

Shu bilan birga, mutaxassislar ta’kidlamoqda — shantaj va tovlamachilik nafaqat jinoyat, balki shaxsiy daxlsizlikni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?