8 045
Shavkat Mirziyoyev: Kim agar ikkita stulda o‘tiraman desa, unaqa mulla bizga kerak emas!
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, odamlarni turli diniy oqimlar ta’siridan asrash to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib o‘tdi, deb yozadi Hordiq.uz sayti.
“Biz, umuman, ko‘p joylarda jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqayapmiz. Islomni o‘rgatish, o‘rganishni targ‘ib qilayapmiz. Islom nurli hayot, degani. Islomni ro‘kach qilib terrorchi bo‘lish, boshqa oqimlarga kirish andijonliklarga ham, o‘zbekistonliklarga ham yarashmaydi”, dedi O‘zbekiston rahbari.
“Boshqa oqimga kirsa, mening bolam emas, qo‘shnining bolasi, boshqa rayonning bolasi deymiz. Yoki boshqa viloyat bolasi, deymiz. U O‘zbekiston fuqarosi-ku!”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Prezidenti Andijon din peshvolariga murojaat qilib, quyidagilarni aytdi: beshta mahallada 20-30 ta adashgan bo‘lsa, misol uchun, hisob-kitobi bor. Yigirmatadan beshtasi ashaddiy, ular qaytmaydi. Ular bilan shug‘ullanish kerak emas, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak. Bizga kerak emas. Men (O‘zbekiston fuqaroligidan) chiqarishga tayyorman.
“Endi oqni oq, qorani qora, deydigan vaqt keldi. Kimgadir yoqmasa, kim agar ikkita stulda o‘tiraman desa, unaqa mulla bizga kerak emas. Davlat davlatchiligini qiladi. Qonun ustuvorligini ta’minlashga, xudoga shukur, mening qurbim ham etadi, bilimim ham etadi, imkoniyatim ham etadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning aytishicha, har bir odamning yuragida, vijdonida e’tiqodi bo‘lishi kerak. Agar e’tiqodiga munosib bo‘lib Vataniga xizmat qilsa, u vatanparvar bo‘ladi. “Agar u e’tiqodsiz bo‘lib, chalasavod bo‘lib, xiyonat qilib, ikkita stulda o‘tirsa, u davlat ketib, bu davlat kelsa, “akromiylar” kelsa, ularning nayrangiga o‘ynayman, desa, unaqalar menga o‘tmaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari ta’kidlashicha, agar ertangi kunda tinchlik kerak bo‘lsa, o‘sha ashaddiysini O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarishga menga taklif beradi, adashganlarni ilmi bilan, bilimi bilan, e’tiqodi bilan, hayotdagi namunasi bilan bu ko‘chaga o‘tkaziladi. Yo aytadi: “o‘rtoq rayonning hokimi, bunga joy ber, er ber, hovli ber. O‘zi asli ajabtovur odam ekan, sani noinsof, adolatsizliging uchun, u ishsizligi uchun shunday bo‘lib yuribdi”.
“Uyam to‘g‘ri. Bizdayam xato bor. Ijro organlaridayam xato bor. Ikkinchidan, man oxirgi marta Shayxontohur tumanidagi gapimni eshitgan bo‘lsanglar, bitta adashganning beshta qarindoshi bor. Biz o‘sha beshta qarindoshniyam ashaddiy dushman qilamiz: to‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz. Pishillab aytamiz: u falonchining akasi, o‘g‘li, deb. “Chaqirma uni”, deydi. Ularda nima ayb? Ularda nima ayb? Uni do‘st qilishimiz kerak, uni chaqirishimiz kerak. Uni ma’rifatga chaqirishimiz kerak. Zora u naryog‘da yurganga ta’sir qila olsa. Ana shuni ko‘ndalang qo‘yadigan soati keldi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining o‘sha majlisda aytishicha, turli oqimlarga kirib qolganlarni o‘zimizga qaytarish — bu oson ish emas. Qiyin ish. Lekin buni qilishimiz kerak. “Sizning topshirig‘ingiz bilan Shayxontohur tumanidagi ishlarimiz natija berdi. Samara berdi. Ochiq-oydin samara berdi. Biz buni qilsak bo‘lar ekan. Buni qilamiz ham. Sizning yoningizda turamiz, xalq biz bilan bo‘ladi, ularni o‘zimizga qaytaramiz. Qaytmaydiganini ochiq-oydin aytib beramiz. Bunga bizning kuchimiz ham etadi, ilmimiz ham etadi, tajribamiz ham etadi.
Imomlarimizning salohiyati ham shuni ko‘taradi. Yangi tizimni qilib oldik. Bu tizimda hammamiz qo‘limizni qo‘limizga berish ishlaymiz va uddasidan chiqamiz”, dedi muftiy.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti yozishicha, muftiy Usmonxon Alimov, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir qator ulamolari ham Andijon viloyatida jamoatchilik bilan muloqot o‘tkazmoqda.
Xususan, muftiy hazratlari imom-xatiblar adashgan oqimlarga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan birma-bir muloqot qilib, ularga aqidaparast oqimlarning noto‘g‘ri va yanglish e’tiqodlarini Qur’oni karim, hadisi sharif va ulamolarning quvvatli dalillari asosida tushuntirish ishlarini yanada jadallashtishni topshirdilar. Shuningdek, bunday kishilarni jamiyatga qaytarish, ularning odamlardan ajrab qolmasliklari chorasini ko‘rish lozimligi, o‘zining qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, afsus-nadomat chekayotganlariga ruhiy tasalli berib, hayotda o‘z o‘rnini topib ketishlariga ko‘maklashish zarurligini ta’kidladilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin