Yaqinda internetda Davlat Soliq Qo‘mitasi raisi Botir Parpievning UzPaynet asoschisi Botir Arifjanovga «maslahat uchun» shaxsan telefon qilganligini o‘qib hayron bo‘ldim.
Davlat Soliq Qo‘mitasi UZPAYNET shirkatining elektron to‘lov tizimidagi shubhali faoliyatidan xabardor bo‘lmasa kerak.
QQ MChJ «UzPaynet», o‘z faoliyatini 2005 yilda boshlab, tez orada elektron to‘lov tizimida monopolistga aylandi. Bunga sabab qonunchilikning o‘sha paytdagi «korxona didiga» qarab o‘zgarishi va qo‘yilgan talablarning boshqa raqobatdosh kompaniyalar tomonidan bajara olmasligi bo‘lgan edi. Faqatgina 2014 yil 1 aprelda kompaniya Davlat reestriga «elektron to‘lov tizimidagi dominant korxona» sifatida kiritildi.
O‘zbekistondagi minglab kichik biznes va xususiy tadbirkorlar monopolist korxona «jabrlanuvchi»lariga aylangan. Ular UzPaynet bilan dilerlik shartnoma asosida faoliyat oborgan.
Dilerlik shartnomasida UzPaynet korxonasi quyidagi shubhali jarima tizimini kiritgan:
5 EKIH sum – ko‘rsatilmagan manzilda savdo qilganlik uchun jarima;
5 EKIH sum – mijozdan qo‘shimcha hak olganlik uchun jarima;
5 EKIH sum – mijozlarning asosli shikoyati uchun jarima;
5 EKIH sum – tovar chekini bermaslik uchun jarima;
10 EKIH sum – ro‘yxatga olinmagan ta’minot dasturdan foydalanganlik uchun jarima.
O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha har qanday jarima faqat davlat byudjetiga yo‘naltirishi shart. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqa sub’ektni jarimaga tortishi mumkin emas. Korxonaga zarar etkazilgan taqdirda, bu zarar faqat sud orqali talab qilinishi mumkin.
UzPaynet korxonasi o‘zining monopolistik holatidan foydalangan holda o‘z Agentlarini asossiz ravishda jarimaga tortgan.
Agar agent tovar chekini bermasa, nima uchun jarima soliq organlariga emas, balki UzPaynetga to‘lanishi kerak?
Tizimdagi minglab Agentlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, monopolist tomonidan jarimaga tortilganligi ma’lum bo‘ldi.
Korxona o‘z «adashgan» Agentlariga quyidagicha shart qo‘yib kelgan: «Yoki jarimani to‘lab ish faoliyat davom ettirish yoki tuzilgan dilerlik shartnomani muddatidan oldin bekor kilish».
Agentlarning yolg‘iz bunday kuchli shirkatga qarshi chiqishiga imkoniyati bo‘lmagan. Agentlar borki UzPaynet tomonidan 10 martadan ko‘p jarimaga tortilgan. Shirkat jarimalar evaziga milliardlab so‘m miqdorida foyda olganligini taxmin qilish mumkin.
Bugungi kunda korxonaning respublika bo‘ylab 20 mingdan oshiq dilerlari mavjud.
Moliyaviy firibgarlikning mexanizmiga to‘xtalib o‘tsak.
UzPaynet korxonasi agentlarni PAYNET virtual to‘lov tizimida, aniqrog‘i BANKDAGI HISOB RAQAM AYLANMASIDAN TAShQARI jarimaga tortgan. Korxonaning bunday «uddaburonligi» jarimalarni o‘zining va agentning bank hisob raqamlarida aks ettirmagan. Buning natijasida korxona kancha soliq to‘lashni ham o‘z xohishiga karab belgilashi mumkin bo‘lgan. Kimgadir bu narsa milliardlab foyda keltirishni taxmin qilish mumkin. Jarimalar virtual tizimda, biron real agentga biriktirilmagan akkauntga o‘tkazilib naqdlashtirilishi imkoni bo‘lgan.
Yurtimizdagi oxirgi iqtisodiy islohotlar natijasida, viloyatlarda Paynet shaxobchalarining aksariyati faoliyat olib bormayapti. Bunga sabab Agentlarning xarajatlari olinayotgan foydadan past bo‘lmoqda.
Bugungi kunga kelib bu monopolistik tizim inqirozga uchradi desak xato qilmaymiz.UzPaynet monopoliyasidan voz kechib bozorning bu segmentiga tijorat banklarni kirishiga sharoit yaratib berish kerak. Raqobat natijasida bu segment sifat darajadan yangi pogonaga ko‘tariladi.
Maqolam oxirida mashhur amerikalik siyosatchi Benjamin Franklinning so‘zlarini keltirmoqchiman:
«Bu dunyoda o‘lim va soliq muqarrar».
Mirzo Subxanov
Manba: dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi