Savol:Ot go‘shtining hukmi qanday? Uni yesa bo‘ladimi?
Javob:Bismillah, valhamdulillah. Ot go‘shti iste’moli borasida ulamolar o‘rtasida ixtilof bor. Imom Shofe’iy va jumhur ulamolar nazdida ot go‘shtini yeyish muboh, uning biron karohati yo‘qdir.
Abu Hanifa umrlarining oxirigacha ot go‘shtini harom, deb fatvo berib kelganlar. Vafotidan uch kun burun bu fatvosini o‘zgartirib, ot go‘shtini xalol deb fatvo berganlar. Binobarin, keyingi mujtahid va ulamolar to‘rt mazhabda ham ot go‘shti xalol deb e’lon qilganlar.
Janob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) otlar harbiy maqsadda zarur bo‘lib turgani bois, ularni vaqtinchalik so‘yili, go‘shti yeyilishidan qaytarganlar. Keyinchalik esa, ruhsat berganlar.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshaklar go‘shtidan qaytardilar va otlar go‘shtiga ruxsat berdilar” (Buxoriy, Muslim, Sunan sohiblari, Dorimiy va Ahmad rivoyati).
Mana shu rivoyatda eshak go‘shtini yeyish mumkin emasligi, ot go‘shti iste’moliga ruxsat etilgani ochiq-oydin bayon qilinmoqda.
عَنْ أَسْمَاءَ بِنْتِ أَبِي بَكْرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَتْ: نَحَرْنَا عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَرَسًا فَأَكَلْنَاهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ حِبَّانَ وَالدَّارَقُطْنِيُّ.
Asmo’ binti Abu Bakr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Biz Nabiy sollallohu alayhi va sallam zamonlarida otni so‘yib iste’mol qilganmiz” (Buxoriy, Muslim, Nasoiy, Ibn Hibbon va Doraqutniy rivoyati).
Asmo’ roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida Madinadaligimizda bir otni so‘yib yegandik” (Buxoriy va Dorimiy rivoyati).
Yana Asmo’ binti Abu Bakr roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlarida bizning bir otimiz bo‘lardi. U (kasallik yo qarilik sabab) o‘lay deb qolganida uni so‘yib yegandik” (Doraqutniy rivoyati).
Mana shu rivoyatdan otning asli harom emasligi, balki jihodlarda zarur bo‘lgani uchun bir muddat harom qilingani, keyinchalik uni yeyishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ladi.
عَنْ هِشَامٍ عَنْ الْحَسَنِ قَالَ: كَانَ أَصْحَابُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَأْكُلُونَ لُحُومَ الْخَيْلِ فِي مَغَازِيهِمْ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ.
Hishom Hasandan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalari g‘azotlarda ot go‘shtini iste’mol qilardilar” (Ibn Abu Shayba rivoyati).
Salaflardan Abdulloh ibn Zubayr, Fazola ibn Ubayd, Anas ibn Molik, Asmo’ binti Abu Bakr, Suvayd ibn G‘afala, Alqama, Asvad, Ato, Shurayh, Said ibn Jubayr, Hasan Basriy, Ibrohim Naxa’iy va Hammod ibn Sulaymondan ot go‘shtining mubohligi sobit bo‘lgan.
Takror bo‘lsa ham aytamiz, ot go‘shtining makruh deyilishiga sabab uning nopokligi emas, balki urush va kundalik ehtiyojlar uchun o‘ta zarur bo‘lganligidir. Agar otlar so‘yilishiga ruxsat beriladigan bo‘lsa, dushman bilan bo‘ladigan janglarda otlar yetishmasligi kuzatilgan, dehqonchilik va boshqa sohalarda ishchi otlarga ehtiyoj sezilishi mumkin.
Otning asli pok ekaniga otning zakoti borasidagi ulamolar fikri ham misol bo‘ladi. Otning zakoti xususida turli qavllar aytilgan. Ammo biron kishi “ot nopok narsa, uni boqish va zakot chiqarish joiz emas”, demagan.
Demak, jumhur ulamolar nazdida ot go‘shtini yeyish joiz. Bu haqida sarih va sahih rivoyatlar sobit bo‘lgan.
Manba: muxlis.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi