“Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari Toshkent viloyati Piskent tumaniga ijodiy safar qilishdi. Tasvirga olish jarayoni davomida Hakim Polvonov nomidagi jamoa xo‘jaligida istiqomat qiluvchi Qo‘ydiniso Quronova xonadonida 4 avloddan beri Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak mo‘ylari saqlanib kelinayotganligi haqidagi xabarga duch kelishgan. “Biz uni tasvirga olishdan avval O‘zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qildik. Bu topilma ularni ham qiziqtirib qoldi”, deydi jurnalist U.Hamroqulov. Bu haqda Vakillik.uz xabar bermoqda.
Qishloqdagi oddiy xonadonda 14 asrga teng mo‘yi muborakning borligi, to‘g‘risi, barchani hayratga soladi. Payg‘ambarimizning mo‘ylari kichkina shisha idishdagi suvda saqlanarkan. Shayx hazratlari boshchiligidagi ijodiy guruh uni diqqat bilan o‘rganib chiqdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari: “Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tegishli bo‘lgan buyumlar, uy anjomlari hozirgi kunda dunyoning sanoqli davlatlaridagina saqlanadi. Mo‘yi muborak Orif akaga bobosining akasidan meros. U to‘rtinchi avlod vakili hisoblanadi”, dedilar.
Hozirda diniy idora ekspert mutaxassislari tomonidan ushbu muborak topilma chindan ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli yoki tegishli emasligi o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi