4 866
Akmal Saidov hazillashib yevropaliklarga O‘zbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olishni taklif qilgan
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov hazilomuz tarzda yevropaliklarga O‘zbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olishni taklif qilganini esladi.
«Yevropa Ittifoqi davlatlarida qamoqxonalar to‘lgan. Hattoki Belgiya hukumati Niderlandiyadan o‘zidagi mahbuslar uchun qamoqxonalarni ijaraga berishni so‘ragan. Men bir safar hazillashib aytgandim, agar narxiga kelisha olsak, biz joy beramiz», – deya Saidovning Toshkentda o‘tkazilgan brifingdagi so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.
Saidovning so‘zlariga ko‘ra, «respublikada o‘tkazilgan islohotlar» samarasi o‘laroq, O‘zbekistonda mahbuslar soni 2,5 barobar qisqargan.
«Bugungi kunda bizda qamoqxonalar 80 foizga to‘lgan, voyaga yetmaganlar uchun koloniyalar 20 foizga to‘lgan. Bu fakt qamoqxonalardagilar miqdori qanchalik kamayganini ko‘rsatadi», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 122 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Saidovning qayd etishicha, bu MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich, bu AQShdagidan 2-3 barobar pastroq ko‘rsatkichdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi