16:53 / 15.08.2018
6 525

Toshkentda xanjar ko‘targan “jallod” voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi (video)

Toshkentda xanjar ko‘targan “jallod” voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi (video)
“Spark” avtomashinasining oynalarini sindirib, shinalarini yaroqsiz holga keltirgan va qo‘lida xanjar ko‘tarib olib tartibbuzarlik qilganlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Shu yilning 11 avgust kuni Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Voqeani o‘rganish jarayonida daliliy ashyolar to‘planib, ushbu jinoiy ish ishtirokchilarining ko‘rsatmalari olindi va har holatga tegishli baho beriladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Hozirga qadar voqeaning 3 nafar jabrlanuvchisi va yana 3 nafar gumonlanuvchisi voqea yuzasidan ko‘rsatma bergan. Yana ikki gumondor, jumladan hodisa tashkilotchisi deb aytilayotgan 27 yoshli J.Shoxruh hozirda qidiruvda bo‘lib, uni qo‘lga olish harakatlari olib borilmoqda.

Jabrlanuvchi – 23 yoshli A.Botirjon tanishi Shoxruhdan pul qarz olib, oxirgi 500 ming so‘mni qaytarolmagan. Gumonlanuvchi J.Shoxruh 24 yoshli G.Ziyovuddin, 31 yoshli M.Muzaffar, N.Bekzod va 33 yoshli I.Abdug‘ani bilan “VAZ-2105” (Muzaffar boshqaruvida) va Abdug‘ani boshqargan “Neksiya-3” avtomobilida “Vatan” kinoteatri yonida “Spark” mashinasini boshqarib ketayotgan 34 yoshli M.Jasurning yo‘lini to‘sib uni to‘xtatishgan. Qo‘lga olinganlarning ko‘rsatma berishicha, Ziyovuddin “Spark” mashinasining shinasiga ziyon yetkazgan, Muzaffar esa oynasini sindirgan.

Shundan so‘ng, huquqbuzarlar jabrlanuvchilarni kuch bilan o‘zlarining mashinalariga o‘tqazib, Sergeli tumaniga olib ketishgan va o‘sha yerda ularga tan jarohati yetkazishgan. Jarohat darajasiga shifokorlar aniqlik kiritishmoqda. Shundan keyin G.Ziyovuddin va N.Bekzod jabrlanuvchilarni shifoxonaga olib borib, haqiqatni aytib qo‘ymasligi uchun kuzatib turishgan. Qo‘rquv ostida qolgan jabrlanuvchilar shifokorlarga bo‘lib o‘tgan voqea haqida aytishmagan va ichki ishlarga ham xabar berishmagan. Lekin holat tasvirlangan videolavha Internet tarmog‘ida tarqatilgandan so‘ng, sir oshkor bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB mazkur tasvir asosida tezkor tergov harakatlarini olib borib, shu kuni kechki payt gumondorlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan va qisqa fursatda ulardan 3 nafari qo‘lga olingan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda xanjar ko‘targan “jallod” voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi (video)