«Agrobank« ATB tomonidan chakana xizmatlarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlab oʻtkazilgan anjumanda shu haqda soʻz yuritildi. Bu haqda “Xalq soʻzi” xabar bermoqda.
Bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Rustam Mamatqulovning aytishicha, hozirgi paytda «Agrobank« tomonidan joylashtirilgan terminalar soni 31,6 ming, bankomatlar 100, infokiosklar esa 420 taga yetkazildi. Aholi gavjum joylarga zamonaviy bankomatlar oʻrnatish boʻyicha olib borilgan oʻrganishlar natijasida respublika boʻyicha ikki mingdan ortiq shunday nuqtalar aniqlandi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning noyabrigacha yana 300 ta zamonaviy bankomat olib kelib oʻrnatiladi. Keyingi yillarda esa yana 2 mingta bankomat olib kelish rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, mazkur qurilmalarnig turdoshlariga nisbatan afzalliklari koʻp. Masalan, ular orqali nafaqat milliy, balki xorijiy valyutani ham naqdlashtirib olish mumkin.
Bank tomonidan yaqin kunlarda jismoniy shaxslar uchun onlayn mikroqarzlar olish imkoniyati ham yaratiladi. Bunday mikroqarz olmoqchi boʻlganlar bankka tashrif buyurishi, hujjatlar taqdim etishi shart emas. Telefon orqali murojaat qilsa, kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi