date

Malika Ravshanova qizining ilk tug‘ilgan kunini nishonladi

Malika Ravshanova qizining ilk tug‘ilgan kunini nishonladi

Xonanda Malika Ravshanova o‘zining Instagram sahifasida quvonchli yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. U qizi Sadiyaning 1 yoshga to‘lganini nishonlab, samimiy videopost joyladi.

San’atkor post ostida: “29.04.25 yil — men to‘rtinchi bor ONA bo‘lgan kunim”, — deya yozib qoldirgan.

Malika Ravshanova qizining tug‘ilgan kunini unutilmas qilish uchun bayramni tabiat qo‘ynida o‘tkazishga qaror qilgan. Lavhalarda kichkina Sadiya qulupnay tasviri tushirilgan shirin kiyimlarda, qulupnay va qulupnayli maxsus tort bilan suratga olinadi.

Ayniqsa, qizaloqning qulupnayli tortni zavq bilan yeyayotgan onlari videoga alohida fayz bag‘ishlagan. Ushbu samimiy kadrlar muxlislar qalbidan joy oldi.

Izohlarda esa foydalanuvchilar Sadiyani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, baxt va yorqin kelajak tilab, iliq va samimiy tilaklar yozib qoldirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Malika Ravshanova qizining ilk tug‘ilgan kunini nishonladi