date

"Samsung" kompaniyasining chiplardan tushgan foydasi 50 barobar oshdi

"Samsung" kompaniyasining chiplardan tushgan foydasi 50 barobar oshdi

"Samsung Electronics" kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha rekord darajadagi daromad haqida hisobot berdi. Mikrosxemalar savdosidan olingan foyda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 50 baravarga oshgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya vakillari mijozlarning sun'iy intellekt texnologiyalariga kiritayotgan sarmoyalari tufayli xotira chiplariga bo'lgan talab va narxlar ko'tarilishini kutmoqda.

Dunyoning eng yirik xotira chiplari ishlab chiqaruvchisi yetkazib berishni kafolatlash maqsadida mijozlar bilan ko'p yillik shartnomalar imzolanganini ma'lum qildi. "Samsung" xotira chiplari bo'linmasi rahbari Kim Chjejun tahlilchilarga bergan bayonotida, hozirgi vaqtda mahsulot yetkazib berish hajmi mijozlar talabidan sezilarli darajada ortda qolayotganini ta'kidladi.

Kompaniya prognozlariga ko'ra, 2027-yilda talab va taklif o'rtasidagi tafovut 2026-yilga qaraganda yanada kengayadi. Yangi zavodlar qurish uchun uzoq vaqt talab etilishi sababli, sun'iy intellekt rivoji fonida taklif cheklanganligicha qoladi.

Yanvar-mart oylarida chiplar bo'linmasining operatsion foydasi 53,7 trillion vonni (36,15 mlrd dollar) tashkil etdi.

Yaqin Sharqdagi mojarolar ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir ko'rsatmagan, chunki kompaniya xomashyo manbalarini diversifikatsiya qilgan va zarur zaxiralarni shakllantirgan. Biroq neft narxining oshishi transport xarajatlarining ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin.

Moliyaviy natijalar e'lon qilingach, "Samsung" aksiyalari qiymati joriy yilda umumiy hisobda 88 foizga o'sdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » "Samsung" kompaniyasining chiplardan tushgan foydasi 50 barobar oshdi