Anthropic kompaniyasi qiymati 1 trillion dollarga yetdi

Anthropic kompaniyasi sun'iy intellekt sohasida 1 trillion dollar baholandi, bu esa uni OpenAI'dan o'zining asosiy raqobatchisi sifatida ortda qoldirdi. Hozirda OpenAI'ning bozor qiymati 880 milliard dollarni tashkil etmoqda. Anthropic'ning aksiyalari hali ochiq savdoga chiqarilmagan va ularning qiymatining keskin oshishi so'nggi ikki oy ichida kuzatilgan. Ekspertlar bu o'sishni davlat bilan tuzilgan shartnomalar va Claude Mйtҳos loyihasining yopiq taqdimoti bilan bog'lamoqda.
Sun'iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi Anthropic kompaniyasi ikkilamchi bozorda 1 trillion dollar miqdorida baholandi. Business Insider nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Claude chatbotini yaratgan ushbu startap qiymati bo'yicha o'zining asosiy raqobatchisi OpenAI kompaniyasini ortda qoldirdi.
Hozirda OpenAI kompaniyasining bozor qiymati 880 milliard dollarga teng deb hisoblanmoqda. Anthropic aksiyalari hozircha ochiq savdoga chiqarilmagan bo'lib, ulushlar faqat kompaniyaning amaldagi va sobiq xodimlari hamda dastlabki investorlar qo'lida saqlanib qolmoqda.
Kompaniya qiymatining keskin o'sishi so'nggi ikki oy ichida kuzatildi. Avvalroq Anthropic 380 milliard dollarga baholangan edi.
Ekspertlar bunday o'sishni davlat bilan tuzilgan shartnomalar va Claude Mythos loyihasining yopiq taqdimoti bilan bog'lamoqda.

























Izohlar 0
…