Chernyayevka yaqinidagi chegara punkti orqali Toshkentga qaytib keldim. Juda sharmandali holat, deb yozadi iqtisodchi Yuliy Yusupov Facebookʻdagi sahifasida.
“Chegaradan oʻtayotgan odamlarning soni koʻpligini hisobga oladigan boʻlsak, bu juda koʻp vaqtni talab qilmadi - bir soatdan kamroq. Men chegara punktlarida bundan ham katta navbatlarni koʻrganman. Hatto Nyu-York aeroportida ham ikki barobar koʻproq turganman. Chernyayevkani esa, 5 soatda ham oʻtishga toʻgʻri kelgan. Pasport nazorati uchun oynachalar koʻp edi va ular nisbatan tez ishlayotgandi (Qozogʻistondagiga qaraganda uch-besh barobar sekinroq, lekin bu biz uchun norma). Bizning mansabdorlarning a) navbat va tiqilinch yaratish, b) odamlarni yerga urish qobiliyatiga har doim hayron qolib kelganman. Ular navbatlar va yerga urish holatlarini hattoki yoʻq joyda ham taʼminlashi mumkin”, - dedi u.
Iqtisodchining taʼkidlashicha, odamlar xuddi qoramol uchun molxonadagi oʻtish joylarini eslatuvchi tor, atrofi oʻralgan yoʻlaklardan oʻtishi kerak boʻlgan. Bu odamga nomunosib xatti-harakatga undagan ham. Dahshatli tiqilinchda asosan ayollarning (bolali ayollar esa navbatdagi 70 foizni tashkil etdi) “Voy dod!”, “Itarishmasang-chi!”, “Bolani bosib tashlaysizlar!” baqiriqlari eshitilardi.
“Eng shafqatsiz «attraksion” chegara nazoratidan soʻng kutib turgandi - bojxonadan avval. Ikkita tor, atrofi oʻrab qoʻyilgan oʻtish joyi, bittasi - qisqa, ikkinchisi - uzun, ulardan birdaniga 3-4 kishi oʻtishi mumkin edi, soʻng ular bittaga birlashib, asta-sekin 1,5 kishi kengligiga qadar qisqarib boradi. Bu goʻshtqiymalagichda qanday qilib bosib tashlashmaganiga hayron qolyapman. Uni oʻylab topgan va foydalanayotgan tentaklarni esa kasbga yaroqsiz ekani uchun haydash kerak.
Men bularning barchasi qurbonlar bilan tugashidan qoʻrqaman. Boz ustiga, meni chegaradan Toshkentga olib borgan haydovchidan kuni kecha qurbon boʻlgani haqida eshitdim, uning aytib bergan narsasidan tepa soching tikka boʻladi. Biroq, uning ishonchliligi uchun kafolat bera olmayman, shuning uchun gaplarini takrorlamayman», - deya taʼkidlab oʻtdi Yuliy Yusupov.
“Xursand qilayotgan” yagona narsa: bu amaldorlar xatti-harakatida toʻla tenglikka erishildi. Barcha yerga urilmoqda - fuqaroligi, millati, jinsi va yoshidan qatʼi nazar, deya xulosa qiladi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?