Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini o‘rtacha vaqtini qisqartirish maqsadida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining «Zarafshon» va «Jomboy» temir yo‘l stansiyalari hududida bojxona punktlari tashkil etildi.
2017—2018 yillar mobaynida yuk tashish hajmining tahlil natijalari, ushbu stansiyalar orqali eksport va import qilinadigan tovarlar sonining o‘sish tendensiyasi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaring taklif va istaklari inobatga olindi.
Jumladan, 2018 yilning 9 oyi davomida «Zarafshon» stansiyasi orqali tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan 2800 dan ortiq temir yo‘l vagonlar yordamida eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan. «Zarafshon» temir yo‘l stansiyasiga ushbu hudud yaqinida joylashgan «Sam-Antep Gilam», «Siyob Saxovati» hamda Pulsar Trade Brewery va boshqa tashkilotlarning temir yo‘l tarmoqlari keltirilgan.
Xuddi shuningdek, «Jomboy» temir yo‘l stansiyasi orqali 900 ga yaqin vagonlar yordamida eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan. Stansiyaga JV MAN Auto-Uzbekistan, UzAutoTrailer, Bmax Building Materials, Prime Cermaics va boshqa qator tashkilotlarning temir yo‘l tarmoqlari keltirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi