12:54 / 30.10.2018
3 825

Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish YTHning videosi paydo bo‘ldi (video)

Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish YTHning videosi paydo bo‘ldi (video)
Avval xabar berilganidek, 27 oktyabrdan 28 oktyabrga o‘tar kechasi, taxminan soat 2:00da «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi o‘z avtotransportini haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, YPX inspektorining to‘xtash belgisiga bo‘ysunmasdan belgilangan tezlikni oshirgan holda voqea joyidan berkinishga uringan.

Huquqbuzar avtomobili Shayxontohur tumani Olmazor va Islom Karimov ko‘chalari tutashgan chorrahadan katta tezlikda svetoforning harakatni taqiqlaydigan signalini e’tiborga olmasdan o‘tib ketib «HOWO» rusumli mikser yuk mashinasiga urilgan.

YTH natijasida «Lacetti» haydovchisi - 29 yoshli Jo‘rabek A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Yengil mashina yo‘lovchisi – 26 yoshli Shahboz X. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘lgan.

Tergov davomida YTH sabablari va haydovchining tezlikni oshirishiga sabab bo‘lgan holatlar aniqlanadi. Huquqbuzarni ta’qib qilib kelgan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Mazkur voqea aks etgan videolavhani quyidagi havola orqali ko‘irishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)