2018 yilning 25 dekabr kuni fuqaro K.L.ning arizasi yuzasidan DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
Tadbir davomida “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK Andijon shahar filiali mutaxassisi I.S. rahbari D.T. oʻziga noqonuniy ravishda oʻzlashtirib olgan Andijon shahrining Koʻmakay massivida joylashgan 2 ta 4 sotixli yer-uchastkalarining har biri uchun 10 ming dollardan, jami 20 ming dollarni talab qilgan. I.S. vositachi N.M. orqali oldindan 10 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
I.S. olingan pullarni boshligʻi D.T.ga berishi kerakligini taʼkidladi. Uning pushaymonlik arizasi asosida tadbir davom ettirildi. Andijon shahar “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK boshligʻi D.T. qoʻl ostidagi xodimi I.S.dan kelishilgan yerlardan birini ajratish boʻyicha shahar hokimining qarorini chiqarish uchun 10 ming dollar olib, I.S.ga 1 ming dollarni qaytarib beradi. D.T. qolgan 9 ming dollarni olib ketayotgan vaqtda ushlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 168-(firibgarlik) va 211-(pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»