12:56 / 11.02.2019
3 373

Avtomashina yukxonasidan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

Avtomashina yukxonasidan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi
2018 yil 20 may kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Bektemir tumani “Qo‘yliq” dehqon bozorining 2-sonli pavilonida turgan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi O.T. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashina yukxonasidan 14 500 000 so‘mni va 8 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Bo‘z tumanida yashovchi S.Q. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashina yukxonasidan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi
[/banner_pushhouse