12:02 / 16.02.2019
4 840

"Tadbirkorlar tushumini hisoblash va soliqlar to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlanadi

"Tadbirkorlar tushumini hisoblash va soliqlar to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat soliq qo‘mitasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

Ushbu Nizom, qonunchilikda yakka tartibdagi tadbirkor uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha:
- kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilarga;
- kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi kalendar yil davomida bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ushbu Nizom talablari tatbiq etilmaydi.

Ushbu toifadagi yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydilar hamda buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda yuritadilar.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarini yuritishlari shart.

Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari va tovar cheklari kitobi shakllari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 7 yanvardagi 2, 2019-05-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

Bunda daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari kitob (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi) shaklida tikiladi, uning birinchi varag‘ida yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi.

Kitobning keyingi varaqlarida faoliyat turidan kelib chiqib:
- chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar harakati to‘g‘risidagi registri;
- tijorat faoliyati uchun chetdan tovarlar olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar harakati to‘g‘risidagi registri;
- xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning ko‘rsatilgan xizmatlar harakati to‘g‘risidagi registrlari o‘z faoliyati uchun lozim bo‘ladigan miqdorda (varaqda) tikiladi.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkor ariza bilan tovar cheklari kitobini soliq organlariga taqdim etishi lozim.

Kitob va tovar cheklari kitobi soliq organi muhri bilan tasdiqlanadi.

Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorning berilgan arizasiga asosan, u ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘z faoliyatining xususiyatiga ko‘ra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar cheklari kitobini yuritishlari shart.

Kitobdagi yozuvlar ularni to‘g‘riligini tasdiqlash uchun, u bilan birga saqlanadigan hujjatlar asosida yuritiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xarid qilingan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- shartnoma;
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olinganligini tasdiqlovchi hujjat.

Quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilinganligini tasdiqlaydigan hujjat bo‘lib hisoblanadi:
- nazorat-kassa mashinasi umumiy ko‘rsatkichi - nazorat-kassa mashinasi qo‘llanilishi orqali tovarlar sotilganda;
- bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari cheklari nusxalari – hisob-kitob terminali qo‘llanilganda;
- tovar cheklari kitobi – tovar cheki berilganda.

Kitobga quyidagi yozuvlar kiritiladi:
Sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar rekvizitlari to‘g‘risidagi (tovarlarni sotish, ko‘rsatilgan xizmatlar, buyurtmalar manbaini tasdiqlaydigan hujjat, kirim hujjati, to‘lov hujjati, tovar kodi, o‘lchov birligi, xarid va xizmat narxi) ma’lumotlar kitobga shu kunning o‘zida tegishli yozuvlar bilan qayd etiladi.

Kunlik sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi nazorat-kassa mashinasi ko‘rsatkichi bilan va (yoki) bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlar qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari cheklari yoki yozilgan tovar cheklari summasi bilan mos tushishi kerak.

Har bir mijozga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilinganligi yuzasidan tovar cheklari kitobining alohida varag‘ida aks ettiriladi. Tovar cheki kitobidagi varaqa ikki nusxada to‘ldiriladi, bir nusxasi qirqib olinadi va xaridorga beriladi, boshqasi tovar cheklari kitobida tikilgan holda qoladi.

Bunda xaridorga beriladigan va o‘zida qoladigan tovar cheki kitobidagi varaqasida barcha yozuvlar aynan bir xil bo‘lishi kerak.

Tovar cheki kitobidagi varaqalarda quyidagi yozuvlar:
- yakka tartibdagi tadbirkorning STIR, F.I.O. va imzosi – tovar cheki kitobini soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etishgacha barcha varaqlarda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda;
- qolgan yozuvlar – tovar cheki xaridorga berilishigacha sotish, xizmat ko‘rsatish va buyurtmalarni bajarish paytida kiritiladi.

Tovar cheklari kitobining varaqlari to‘ldirilganda:
- “Tovar, xizmat va buyurtma nomi” ustunida kitob bo‘yicha tovarning (ishlarning, xizmatlarning) qisqa nomi aks ettiriladi;
- xaridorga sotiladigan har bir tovar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va buyurtmalar alohida satrda aks ettiriladi. Agar bitta xaridorga sotiladigan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va buyurtmalarning barcha nomini tovar cheklari kitobining bir varag‘ida aks ettirish imkoni bo‘lmasa, bitta xaridorga sotish bir necha varaqlarda rasmiylashtiriladi va unga bittadan ko‘p tovar cheki beriladi;
- tovar cheklari kitobi varag‘ining to‘ldirilmagan satrlari chizib qo‘yiladi;
- narx, miqdor, son va summa to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlar bilan kiritiladi;
- narx va summa to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘mda ko‘rsatiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga binoan, tovar cheklari kitobi tugashiga qadar, faqat bitta yangidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qat’iy belgilangan soliqqa tortish tartibidan yagona soliq to‘loviga o‘tkazish uchun soliq organlariga quyidagi belgilar asos bo‘lishi mumkin:
- yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etiladigan soliq hisoboti;
- xizmat ko‘rsatuvchi banklardagi hisobvaraqlarida 100 million so‘mdan oshgan biroq bir milliard so‘mgacha tovar aylanmani amalga oshirganligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotlari;
- kameral nazorat natijasida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan qiymati 100 million so‘mdan oshgan biroq bir milliard so‘mgacha bo‘lgan tovarlarni sotib olinganligi;
- davlat bojxona xizmati organlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra summasi 100 million so‘mdan oshgan biroq bir milliard so‘mgacha bo‘lgan tovarlarni import qilganligi;
- belgilangan tartibda o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish natijalari bilan tushumi 100 million so‘mdan oshgan biroq bir milliard so‘mgacha ekanligi hisob-kitob qilingan holatda;
- tegishli tashkilotlardan olingan boshqa ma’lumotlar asosida tushumi 100 million so‘mdan oshgan biroq bir milliard so‘mgacha bo‘lgan degan xulosaga kelinganda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir kalendar yildagi oylar davomida o‘sib boruvchi tushumdan kelib chiqib aniqlanadi.

Faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor uchun barcha faoliyatidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami tushumidan kelib chiqib aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Tadbirkorlar tushumini hisoblash va soliqlar to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlanadi