06:38 / 17.03.2019
6 382

Toshkentda avtobus xaydovchilari nega ishdan olinmoqda?

Toshkentda avtobus xaydovchilari nega ishdan olinmoqda?
“Toshshahartransxizmat” AJda avtobus yoʻnalishlarida muntazam oʻtkazilayotgan monitoring natijalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama etildi, deb xabar beradi Kun.uz.

Avtobuslardagi nosozliklar, haydovchi va chiptachilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yigʻilishning bosh mavzusi boʻlgan. Jumladan, avtobuslarda hamon antisanitariya holatlarining uchrayotgani, salon qismlaridagi nosozliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmayotgani, haydovchilarning “GPS” tizimini qasddan oʻchirish kabi qator holatlarning qayd etilayotgani taʼkidlangan.

Ayniqsa, 1-, 2-, 4-avtobus saroylariga qarashli avtobuslarda ana shunday oʻzboshimchalik va oʻzboʻlarchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani koʻp aniqlangan.
Yigʻilish xulosasiga koʻra, bunday holatlarga masʼuliyatsizlik bilan qaragan haydovchilar ishdan olindi.

Bundan oldin, Toshkentda bir nechta avtobus yoʻnalishga chiqarilmagani, ularning sanitariya va texnik holati talab darajasida boʻlmagani va haydovchilarning, chiptachilarning muomala madaniyati talab darajasida emasligi aytilgan edi. Oldinroq esa avtobusga chiqqan yoʻlovchiga qoʻpol muomala qilganligi uchun bir nafar haydovchi va chiptachiga hayfsan berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtobus xaydovchilari nega ishdan olinmoqda?