2 643
«Farhod» bozoridan joy olib beraman deb 15 ming AQSh dollari olgan shaxs qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning narx-navosini sun’iy oshirilishing oldini olish, ichki iste’mol bozorini himoya qilish, tadbirkorlarni bozorlarga erkin kirib kelishi, ularga joy ajratilishidagi korrupsiya holatlarini aniqlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.larga Uchtepa tumanidagi «Farhod dehqon bozori» AJ bozori hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda o‘qiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1.800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi