O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida 2019 yil bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlandi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida kursantlar ijtimoiy-gumanitar, ixtisoslik fanlaridan va chet tillari bo‘yicha baholanish bilan birga mutaxassislik bo‘yicha Bitiruv (diplom) ishi himoyasini o‘tkazadilar.
Shuni ta’kidlash joizki, Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan professor-o‘qituvchilardan tarkib topgan komissiya a’zolari ishtirokida qabul qilinadi.
Bu yilgi sinovlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi va Markaziy devon mutasaddi rahbarlari, hamkor vazirliklar mutaxassislari, IIV Akademiyasi “Jinoyat va jinoyat ijroiya huquqi” kafedrasi boshlig‘i yu.f.n. podpolkovnik Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti p.f.n., professor Jalolov Jamol Jalolovich hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi mudiri, f.f.d., professor Madayeva Shaxnoza Omonnulayevna, Tarix fakulteti “O‘zbekiston tarxi” kafedrasi dotsenti t.f.n. Polvonov Ne’mat To‘rayevich va boshqa ilm-fan vakillari ishtirok etmoqdalar.
“Harbiy ta’lim muassasalari ichida Milliy gvardiyaning kursantlari xorijiy tillarda erkin, ravon gapira olishi, keng dunyoqarashga ega ekanliklari bilan ajralib turadilar. Bu yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida o‘z tasdig‘ini topdi. Kuchli bilim, keng tafakkurga ega, har qanday vaziyatda to‘g‘ri va aniq qaror qabul qila oladigan ofitserlar xalqimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz”, – deb fikr bildirdi professor Jamol Jalolovich.
Adolat va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilayotgan Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiyasi komissiyasi raisi sifatida ishtirok etayotgan professor Shaxnoza Madayeva O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bitiruvchi kursantlari 4 yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda bemalol tatbiq eta olishlariga ishonch bildirib, kelgusida ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqlari aslo so‘nmasligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmatlari bilan barchaga namuna bo‘lishlarini tiladilar.
Leytenant Nozima Maxmudova
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"