11:49 / 30.05.2019
5 416

Romitanlik yigitni intim video bilan shantaj qilgan qiz va uning sheriklari qo‘lga olindi

Romitanlik yigitni intim video bilan shantaj qilgan qiz va uning sheriklari qo‘lga olindi
2019 yil 20 may kuni Buxoro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Buxoro shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Z.J. va uning sheriklari — Romitan tumanida istiqomat qiluvchi B.Q. va N.G‘. qo‘lga olindi.

Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, yigitlar Romitan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Sh.S.ni joriy yil aprel oyida u bilan jinsiy aloqa bo‘lganligini tasdiqlovchi videoyozuvlarni oilasiga ko‘rsatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Buning evaziga undan Lacett Gentra rusumli avtomashina olib berishi talab qilingan.

Ular jabrlanuvchini Buxoro shahridagi «Sitora-Avtosavdo» MChJ filialida Z.J nomiga Lacetti Gentra sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirishga ko‘ndirib, mashina uchun 128.679.875 so‘m miqdordagi pullarni bankka topshirtirayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan shantajchilarga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Q va N.G‘.ga nisbatan garov, Z.J.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Romitanlik yigitni intim video bilan shantaj qilgan qiz va uning sheriklari qo‘lga olindi