20:20 / 01.06.2019
3 696

Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bo‘lim uchun yangi bino barpo etildi. Tezkor navbatchilik qismi va xizmat xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Profilaktika, tergov, jinoyat-qidiruv bo‘linmalari, pasport xizmati, psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarining joriy yil 29 maydagi qaroriga muvofiq Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu eksperiment doirasida viloyat, tuman va shahar darajasidagi tuzilmalarni maqbullashtirib, 86 foiz xodimlarni quyi bo‘g‘inga tushirish belgilangan. Angren shahrida ham bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ichki ishlar, Milliy gvardiya, prokuratura, sud va boshqa organlar hamkorligini kuchaytirish, bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi