23:57 / 04.07.2019
4 470

Instagram’da uyatsiz tasvirlarni joylashtirgan samarqandlik shaxsga jazo tayinlandi

Instagram’da uyatsiz tasvirlarni joylashtirgan samarqandlik shaxsga jazo tayinlandi
Jamoat joylarida uyatsiz xatti-harakatlar sodir etib, uni videoga olib Instagram ijtimoiy tarmog‘iga tarqatib yuborgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Zarnews xabar beradi.

Zarnews’ning yozishicha, huquqbuzar o‘ziga tegishli video kamerasi orqali 2019 yil aprel oyida jamoat joyi bo‘lgan, Samarqand shahar «Mirzo Ulug‘bek—Mustaqillik» ko‘chalarida plastik ichimlik idishiga suv solib, peshob qilib odamlar e’tiborini tortadi. U jamoat tartibini buzib, ko‘pchilik fuqarolar oldida uyatsiz qiliqlarni ko‘rsatadi. Yurish-turish qoidalarini mensimasdan yozib olingan video tasvirlarni Instagram ijtimoiy internet tarmog‘iga tarqatib yuborgan.

Bundan tashqari, u o‘zining noto‘g‘ri harakatlarini davom ettirib, 2019 yil 26 may kuni Samarqand shahar «Shoxrux» ko‘chasida xizmat olib borayotgan IIB YXHB xodimi sigaret chekib turgan holatini video tasvirga tushirib, ushbu joyda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyat IIB PPXB xodimlarini oldiga borib, ko‘chada YPX xodimi sigaret chekib turganligini aytib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni talab qiladi.

Agar shu ish qilinmasa olingan video tasvirni Instagram tarmog‘iga joylashtirib yuborishi haqida ham aytadi. Shuningdek, huquqbuzar ichki ishlar xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularning qonuniy talabiga bo‘ysunmaydi. Ushbu harakatlarning barchasini video tasvirga olib, uni internet tarmog‘iga joylashtirib, tarqatib yuborgan.

IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘rganilganda, ushbu shaxs profilida boshqa odam fotosurati qo‘yilib, unda Samarqand shahar hududida, jamoat joylarida uyatsiz xatti-harakatlar qilingani va uni tasvirga olib internet tarmog‘iga joylashtirilgani aniqlangan.

Sud huquqbuzarni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasida (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topib, 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Instagram’da uyatsiz tasvirlarni joylashtirgan samarqandlik shaxsga jazo tayinlandi