Foto: Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi «Tillaboyev oltin dalasi» fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘zadan oppoq paxtalar ko‘rindi. Bu haqda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Fermer xo‘jaligi rahbari Kozimjon Mamadaliyevning aytishicha, joriy yilning 8 mart kuni xo‘jalikning 39,1 gektar maydoniga chigitning «Andijon-36» navi egatga plyonka asosida ekilgan. 18 mart sanasida chigitlar unib chiqqan bo‘lsa, 28 mayda gul ko‘rsatgan. 7 iyun kunidan boshlab esa ko‘saklar paydo bo‘lgan. Hozir g‘o‘za poyasida o‘rtacha 17—18 donadan ko‘sak bor.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, joriy yilda g‘o‘zadan oppoq paxtalar o‘tgan yilga nisbatan 15 kun oldin ochilgan. 2018 yil iyul oyining so‘nggi kunlarida Shahrixon tumanidagi «Qashqar diyori» fermer xo‘jaligi dalalarida paxta ochilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda