4 798
Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi
Foto: Twitter / @ Greguar Manja
Gulnora Karimovani u jazoni o‘tayotgan Zangiotadagi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketishgan. Bu haqda uning advokati, shveysariyalik yurist Greguar Manja ma’lum qildi.
Advokatga ko‘ra, O‘zbekistonga mijozi bilan ko‘rishish uchun kelgan, biroq uni Karimovaning oldiga qo‘yishmagan. Manja koloniya oldida 6 soat kutgan, bu vaqt mobaynida uning oldidan ikkita tez tibbiy yordam mashinasi o‘tib ketgan. Advokatning manbasi Karimova shu mashinalardan birida bo‘lganini bildirgan.
Foto: Twitter / @ Greguar Manja
«U hatto O‘zbekistonga kelganimni ham bilmasa kerak», — deya yozuv qoldirgan Manja Twitter‘dagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi